![]() | |
![]() | |
Turi | Davlat korxonasi |
---|---|
Tarmogʻi | Avtomobilsozlik |
Egasi | Davlat aktivlarini nazorat qilish va boshqarish boʻyicha Shanxay komissiyasi[1] |
Qachon asos solingan |
2011-yil (SAIC Motor Corporation Limited) 1995-yil (Shanghai Automotive Industry Corp. (Group)) 1955-yil (Shanghai Internal Combustion Engine Components Company) |
Rahbariyat |
Chen Zhixin (Prezident) Chen Hong (Boshqaruv raisi)[2] |
Mahsulot(lar)i | yengil avtmobillar, tijorat avtomobil vositalari |
Aylanma daromadi | US$101.7 millard (2014-yil)[3] |
Boyligi | 919 414 755 790[4] |
Sof foydasi | 20 431 037 480[4] |
Ishchilar soni | 144,955 (2013-yil)[5] |
Vebsayti | saicmotor.com/english/ |
SAIC Motor Corporation Limited (SAIC, ilgari Shanxay Automotive Industry Corporation) — Xitoyning avtomobil ishlab chiqaruvchi davlat kompaniyasi boʻlib, qarorgohi Shanxayda joylashgan, kompaniya koʻpmillatli operatsiyalarga ega. Fortune Global 100 kompaniyasi va Xitoyning „Katta toʻrtlik“ avtomobil ishlab chiqaruvchilaridan biri boʻlib (Changan Automobile, FAW Group va Dongfeng Motor Corporation bilan birgalikda), kompaniya 2014-yilda xitoydagi avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalar orasida eng katta ishlab chiqarish hajmiga (4,5 milliondan ortiq transport vositalari) ega kompaniyadir.[6] Kompaniyaning ishlab chiqarish mahsulotlari toʻliq isteʼmolchilar extiyojiga moʻljallangan emas, SAICʼning millionga yaqin yengil avtomobillarini tijorat avtomobillari taashkil qiladi.
SAIC kompaniyasining kelib chiqishi 1940-yillarda Xitoy avtomobilsozlik sanoatining dastlabki yillariga borib taqaladi, SAIC Mao XitoyidagiShanxay SH760-ni ishlab chiqaradigan avtomobilsozlaridan biri edi. Hozirgi vaqtda kompaniya Volkswagen qoʻshma korxonasi boʻlgan qadimgi chet el avtomobilsozlik qoʻshma korxonasida ishtirok etadi va 1998-yildan beri General Motorsning 40 foiz aktsiyalariga va bu kompaniya bilan qoʻshma korxonasiga ega. SAIC mahsulotlari turli xil tovar nomlari, shu jumladan qoʻshma korxonalarning sheriklari tomonidan sotiladi. SAICning oʻziga tegishli ikkita taniqli brend bor, bulardan biri bu MG, tarixiy Britaniyalik avtomobil markasi va Xitoyning hashamatli avtomobil markalaridan biri boʻlgan Roewe.