„Sailing“ | ||||
---|---|---|---|---|
Sutherland Brothers qoʻshigʻi | ||||
B tomon | „Who's Crying Now“ | |||
Chiqarilgan sanasi | 1972-yil iyun | |||
Leybl | Island Records | |||
Matn muallif(lar)i | Gavin Sutherland | |||
Prodyuser(lar) | Muff Winwood | |||
Sutherland Brothers singllari xronologiyasi | ||||
| ||||
YouTubeda | ||||
„Sailing“ („Sutherland Brothers“) YouTubeda | ||||
„Salining“ (Rob Stewart) YouTubeda |
„Sailing“ (tarjimasi „Suzyapman“) — „Sutherland Brothers“ guruhi ijro etgan qoʻshiq. 1972-yil yozib olingan. 1975-yil ingliz qoʻshiqchisi Rod Stewart kaver qilganidan keyin global miqyosda xitga aylangan. Taronada Stewartdan boshqa oʻndan oshiq xonanda va musiqiy guruh kaver qilgan.
Qoʻshiqni „Sutherland Brothers“ guruhini tuzgan ikki aka-uka — Gavin hamda Iain Sutherlandlar 1972-yilning iyunida bastalagan va studiyada yozib olgan. Singl oʻlaroq chiqarilgan qoʻshiq 1972-yil AQSh xit-paradadida 54-pogʻonachaga koʻtarilgan. Qoʻshiq guruhning „Lifeboat“ deb nomlangan albomi uchun moʻljallangan taronalardan keyin yozilgan va pirovardida albomning AQSh versiyasiga kiritilgan, ammo xalqaro versiyasiga kirmay qolgan. Buyuk Britaniyada esa 1976-yil „Sailing“ albomi bilan eʼlon qilingan.