San Francisco | |
---|---|
![]() | |
![]() San Fransisko shahri va okrugining joylashuvi | |
37°46′30″N 122°25′10″W / 37.77500°N 122.41944°W | |
Mamlakat | AQSh |
Hukumat | |
• mer | Gavin Nyusom |
|
San-Fransisko (inglizcha: San Francisco; ispancha: San Francisco) — AQShning Kaliforniya shtatidagi shahar va okrug. Uning nomi avliyo (ispancha San) Assisilik Francis sharafiga qoʻyilgan. Ushbu shahar Sertepali yarim orolda joylashgan. San-Fransisko qoʻltigʻi va Oltin Darvoza boʻgʻoziga qurilgan koʻpriklar uni atrofidagi shaharlar bilan bogʻlaydi. Aholisi 776,7 ming kishi (2000). AQSH gʻarbidagi yirik savdo-moliya va madaniyat markazi. Mamlakatning Tinch okeani sohilidagi bosh porti 45 million tonnagacha yuk ortib tushirilgan. Transport yoʻllari tuguni. 3 aeroportidan biri xalqaro ahamiyatga ega. San-Fransiskoda yirik banklar, firmalar idoralari faoliyat koʻrsatadi. Metallsozlik, kemasozlik, tikuvchilik, oziqovqat, poligrafiya sanoati korxonalari bor. Raketakosmik, radioelektronika, neftni qayta ishlash, kimyo, metallurgiya sanoati korxonalari shahar chetida joylashgan. Metropoliten qurilgan. 3 universitet, konservatoriya, ilmiy tadqiqot intlari, teatrlar, muzeylar, kutubxonalar bor. Harbiy dengiz bazasi. Shaharga 1776-yilda asos solingan. 1945-yilda San-Fransiskoda boʻlib oʻtgan San-Fransisko konferensiyasida BMT tashkil etilgan.