Sangin havo hujumi (2017) | |
---|---|
Ushbu operatsiya Afgʻoniston urushining bir qismi | |
Turi | Havo hujumi |
Joylashuvi |
32°04′24″N 64°50′16″E / 32.07333°N 64.83778°E |
Nishon | Tolibon (AQSh da’vosi) |
Sana | 10-fevral, 2017-yil |
Amalga oshirgan: | Amerika Qoʻshma Shtatlari havo kuchlari |
Qurbonlar |
Qurbonlar: 18-22+ tinch aholi Yaralanganlar: Noma’lum |
2017-yilgi Sangin havo hujumi Afgʻonistonning Hilmand viloyatidagi Sangin tumanining AQSh tomonidan bombardimon qilinishi edi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Afgʻonistondagi missiyasi ma’lumotlariga koʻra, dastlabki surishtiruvlar havo hujumlari natijasida kamida 18 nafar tinch aholi vakillari halok boʻlib, ularning deyarli barchasi ayollar va bolalar ekanligini koʻrsatgan. Afgʻoniston Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Davlat Vaziriy tinch aholi qurbonlari haqidagi barcha xabarlarni rad etdi. Hujum hududidagi aholi esa BMTning hududda Tolibon a’zolari yoʻqligi haqidagi hisoboti va hujumdan bir necha kun oldin AQSh qoʻshinlari hududga tashrif buyurganligi haqidagi xabarlarni tasdiqladi[1]. Hilmand viloyati gubernatori ham provinsiyadagi mustaqil tahlillar natijasida tinch aholi halok boʻlgani tasdiqlanganini ma’lum qildi[2]. Sanginlik oqsoqollar ham tinch aholi qurbonlari soni 22 kishini tashkil etishini aytishdi[3]. Xalqaro koalitsiya matbuot kotibi, brigade generali Charlz Klivlend AQSh Sanginga 30 ga yaqin havo hujumi uyushtirganini tasdiqladi[4]. Mazkur havo hujumi ikkinchi Sangin havo hujumi deb ataldi. Chunki, AQSh 2010-yil iyul oyida ham Sanginda koʻplab qurbonlarga sabab boʻlgan havo hujumi uyushtirgan edi[5].