Saxalar (Saxa) |
---|
Umumiy aholi soni |
520,000 |
Katta aholiga ega mintaqalar |
Rossiya |
Tillar |
Saxa, Ruscha |
Dinlar |
Nasroniy,Shomoniylik |
Qarindosh etnik guruhlar |
boshqa turkiy xalqlar |
Saxalar (rus manbalarida yakutlar) — xalq. Saxa Respublikasining tub aholisi (365 ming kishi, 1990-yillar oʻrtalari). Rossiyada jami 380 ming kishi. Saxa tilila soʻzlashadi. Dindorlari — pravoslavlar. Saxalar etnogenezi juda murakkab. Saxalar Baykal boʻyidan Lena daryosining oʻrta oqimi boʻyiga koʻchib kelib (10—14—15-asrlarda), tub aholi (evenklar, yukagirlar) bilan qoʻshilib ketishgan. Saxalar turkiyzabon xalqlardan uzokdashib ketsalarda, chorvachilik bilan shugʻullansalarda, lekin oʻz qoʻshnilari — Shimolida yashovchi, ovchilik xoʻjaligi yurituvchi kichik xalqdardan keskin farq qilishadi. S, shuningdek, dehqonchilik, polizchilik, baliq ovlash, bugʻuchilik va hunarmandchilik bilan shugʻullanadi.[1]
Saxalar (oʻzlarini — uranxay saxa deb atashadi) — tukiy xalq,Saxa Respublikasining mahalliy aholisi. Saxa tili turkiy tillardan biridir.Saxa tilida juda ham koʻp moʻgʻulcha soʻzlar uchraydi, shu bilan birga paleoazit tillaridan ham soʻzlar oʻtgan, ayniqsa shimoliy saxalarda.