Seuldagi G20 sammiti (2010) inglizcha: 2012 G-20 Seoule summit' | |
---|---|
Seul sammiti ishtirokchilari | |
Mezbon davlat | Koreya Respublikasi |
Sana | 11-12 noyabr, 2010-yil |
Shior | Inqirozga qarshi kurash |
Oʻtkaziladigan joy(lar) | COEX Convention & Exhibition Center, Seul, Janubiy Koreya |
Shaharlar | Seul, Janubiy Koreya |
Ishtirokchilar | G20 (+ Efiopiya, Malavi, Singapur, Ispaniya, Vyetnam) |
Keyingi | Kannidagi G-20 sammiti (2011) |
Avvalgi | Torontodagi G-20 sammiti (2010) |
Veb-sayti | seoulsummit.kr |
Seuldagi G20 sammiti — G20 vakil davlatlar hukumati rahbarlarining beshinchi uchrashuvi, 2010-yilning 11-12-noyabrlarida Janubiy Koreyaning poytaxti Seul shahrida oʻtkazilgan. Jahon moliya sistemasida va iqtisodiyotida[1] kuzatilgan keskin oʻzgarishlar hamda birdaniga moliya bozorlari inqirozga yuz tutgani sammit chogʻida muhokama qilingan. Seul shahri G20 sammitlari tarixida ilk bor mezbonlikni qoʻlga kiritgan.[2] G20 sammitlari xalqaro iqtisodiy hamkorligini umumjahon miqyosida muhokama qilinishi uchun asosiy forumlardan biri hisoblanadi.[3]
Seulda oʻtkazilgan G20 sammitida asosiy mavzu sifatida Inqirozga qarshi kurash shiori tanlangan.[4]