Sheroz

Sheroz

شیراز
Shahar
Yuqoridan soat aylanishi boʻyicha: Sherozning yuqoridan koʻrinishi; Saʼdiy maqbarasi; Shoh Chiroq; Nosir al-Mulk masjidi; Bogʻi Eram; Karimxon arki; va Hofiz maqbarasi
Sheroz
Bayroq
Sheroz
Gerb
29°36′36″N 52°32′33″E / 29.61000°N 52.54250°E / 29.61000; 52.54250
Mamlakat Eron
Uston Fors
Shahriston Sheroz
Hukumat
 • Hokim Muhammad Hasan Asadiy
Maydon 240 km2 (93 kv mi)
Dengiz sathidan 1,500 m
Rasmiy til(lar)i Fors tili
Aholisi
 (2016)
1,800,000[1]
Zichligi 6,670 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+3:30 (Eron standart vaqti)
Sheroz xaritada
Sheroz
Sheroz

Sheroz – Eronning yirik shaharlaridan biri va Eronning janubi-gʻarbidagi Fors viloyatining markazi. Aholisi 2 mln. ga yaqin. Sheros Zogras togʻli hududlarida joylashgan, iqlimi moʻtadil. Avtomobil yoʻllari chorrahasi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Qishloq xoʻjaligi (atirgul, uzum, sitrus mevalar, tamaki, qand lavlagi yetishtirish) rayonining savdo markazi. Sh. uzoq oʻtmishdan unumli hududda joylashgani sababli dehqonlar va koʻchmanchi aholi uchun mahalliy tovar ayirboshlash joyi boʻlib kelgan. Bu shahar Eronning janubiy portlariga olib boruvchi savdo yoʻlida joylashgan. Kimyo, elektrotexnika, neftni qayta ishlash, yogʻochsozlik, neft kimyosi, toʻqimachilik, oziq-ovqat (shu jumladan, atirgul moyi ishlab chiqarish) sanoati korxonalari mavjud. Sh. oʻzining gilamlari, zargarlik, mozaika (koshinkorlik) va kumush buyumlari, miniatyuralari bilan dunyoga mashhur.

Koʻplab tarixiy, madaniy va diniy diqqatga sazovor joylar tufayli Sheroz har doim koʻplab sayyohlarni oʻziga jalb qilgan. Eronning eng buyuk va mashhur shoirlaridan boʻlgan Saʼdiy va Hofiz qabrlari Sheroz shahrida joylashgan[2].

Sheroz nomi tarixiy kitoblar va hujjatlarda „Tirozis“, „Shirozis“, „Sheroz“ kabi turli nomlar bilan qayd etilgan. Sosoniylar davrida Sheroz oʻrnida qishloq boʻlgan. Safforiylar va Zaydiylar (Eronning qadimgi hukumatlari) davrida Eron poytaxti etib saylangan. VII asrda arablar tasarrufiga oʻtgach, shahar kengaygan. XIV-XV asrlarda Sheroz oʻzining miniatyuralar maktabi bilan mashhur boʻlgan. XVIII asrning 2-yarmida Eron poytaxti Sheroz fors shoirlari Saʼdiy va Hofizning vatani boʻlgan. Somikon olov ibodatxonasi, Xoji Kirmoni maqbarasi, Karimxon qal`asi, Jahonnamo va Eram bogʻi Sherozning diqqatga sazovor joylaridandir. Sheroz shahridan 50 km shimoli-sharqda Persepol xarobalari bor. Meʼmoriy yodgorliklardan qalʼa devorlari va boshqalar saqlangan.

  1. „Major Agglomerations of the World – Population Statistics and Maps“. citypopulation.de (2018-yil 13-sentyabr). 2018-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Мавзолей Хафиза“.

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne