![]() | |
Maydoni | 24,709,000 km² |
---|---|
Aholisi | 528,720,588 (2008) |
Aholi zichligi | 22.8/km2 |
Etnoxoronim | Shimoliy Amerikalik |
Davlatlar | 23 ta |
Tillar | Inglizcha, Fransuzcha, Ispancha va boshqa asosiy tillar |
Vaqt mintaqalari | UTC-10dan UTCgacha |
Yirik shaharlar | Mexiko shahri, New York, Toronto, Los Angeles, Chicago, San Francisco, Miami, Filadelfiya |
Shimoliy Amerika, Yerning gʻarbiy yarimsharida joylashgan qitʼa, Gʻarbiy yarimsharning shimoliy qismidagi materik, Amerika qitʼasining shimoliy yarmi. Shimoldan Shimoliy Muz okeani chuqur kirib borgan Gudzon qoʻltigʻi bilan, sharq va janubi-sharqdan Atlantika okeani, gʻarbdan Tinch okeani va ularning qoʻltiqlari bilan oʻralgan. Chekka nuqtalari: shimoldada Merchison burni (71°50 shimoliy kenglik.), gʻarbda Shahzoda Wales burni (168° gʻarbiy uzunlik.), sharqda Sent Charlz burni (55°40° gʻarbiy uzunlik.), janubda Panama boʻyni orqali Janubiy Amerika materigi bilan tutash. Shimoliy Amerikaga Markaziy Amerikani ham kiritadilar. Maydoni 20,36 million km², orollari bilan 24,25 million km². Yirik orollari: Grenlandiya, Kanada Arktika arxipelagi, VestIndiya va materikning gʻarbiy qirgʻoqlari yaqinidagi orollar: Aleut, Qirolicha Charlotte, Vankuver va boshqalar Yirik yarim orollari: shimoldada Butiya, Melvill, sharqsa Labrador, Florida, Yukatan, gʻarbda Kaliforniya, Alyaska, Syuard.