Shirvon tekisligi

Shirvon tekisligi, Shirvon dashtiOzarbayjondagi KuraAraks pasttekisligining bir qismi. Kura daryosining chap sohili boʻylab joylashgan. Balandligi 16 m dan 100 m gacha. Gʻarbdan sharqqa nishab. Yer yuzasi, asosan, tekis, faqat baʼzi joylarida antiklinal strukturaga ega, balandligi 200 m gacha boʻlgan qirlar, balchiqli vulqonlar konuslari koʻtarilgan. Iqlimi keskin kontinental. Yiliga 200–350 mm yogʻin tushadi. Boʻz va boʻz-oʻtloq tuproqlarda, asosan, shuvoq, shoʻralar oʻsadi. Sugʻoriladigan joylarida paxta, gʻalla va boshqalar ekinlari ekiladi. Chorvachilik, tokchilik rivojlangan. Sugʻorish uchun Mingechaur suv omboridan Yuqori Shirvon kanali oʻtkazilgan.




From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne