Sia | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
Sia Kate Isobelle Furler 18-dekabr 1975-yil |
Fuqaroligi | Avstraliya |
Kasbi |
|
Turmush oʻrtogʻi | Erik Anders Lang |
Bolalari | 2 |
Sia Kate Isobelle Furler (talaffuzi: Sia Keyt Izobel Fyorler; 1975-yil 18-dekabrda tugʻilgan) — avstraliyalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis. Oʻz faoliyatini 1990-yillarning oʻrtalarida Adelaidadagi Crisp guruhida qoʻshiqchi sifatida boshlagan.1997-yilda Crisp guruhi tarqalib ketgan vaqtda, u Avstraliyada o'zining ''OnlySee'' nomli birinchi studiyaviy albomini chiqardi.U Londonga koʻchib oʻtdi va Zero 7 nomli britaniyalik duet uchun kuyladi.Sia 2001-yilda "Healing Is Difficult " nomli ikkinchi studiyaviy albomini va 2004-yilda uchinchi „Colour the Small One“ nomli albomini chiqardi.
Sia 2005-yilda Nyu-York shahriga koʻchib oʻtdi va Amerika Qoʻshma Shtatlari boʻylab sayohat qildi.Uning toʻrtinchi va beshinchi studiyaviy albomlari „Some People Have Problems“ va ''We Are Born'', 2008- va 2010-yillarda ommaga taqdim etilgan.Ularning har biri Avstraliya ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi tomonidan oltin sertifikatiga munosib deb topilgan va oldingi albomlariga nisbatan koʻproq eʼtiborni tortgan.Oʻsib borayotgan shon-shuhratdan biroz noqulay ahvolga tushgan Sia qoʻshiq aytish faoliyatidan oʻziga tanaffus eʼlon qildi va asosiy eʼtiborini boshqa sanʼatkorlar uchun qoʻshiq yozishga qaratdi va „Titanium“ (David Guetta bilan), " Diamonds " (Rihanna bilan) va „Wild Ones“ (Flo Rida bilan) muvaffaqiyatli hamkorliklarini yaratdi.