Sibir xonligi

Sibir xonligiSibirning janubi-gʻarbiy qismida joylashgan turk-moʻgʻul qabilalari boshqargan tatar[1][2] xonligi. Oʻz tarixi davomida Shayboniylar va Toybugʻiylar sulolasi aʼzolari xonlikda hukmronlik qilish uchun tez-tez urushishgan. Bu raqobatdosh qabilalarning ikkalasi ham Joʻji va uning beshinchi oʻgʻli Shaybon(Shibon) orqali toʻgʻridan-toʻgʻri Chingizxonga borib taqaladi.  Xonlik hududi bir vaqtlar Moʻgʻullar imperiyasining ajralmas qismi boʻlgan, keyinchalik 1242-1502-yillarda Oltin Oʻrda nazoratiga oʻtgan. Sibir xonligida turkiy sibir tatarlari, boshqirdlar va turli xil ural tillarida, jumladan, Xanti, Mansi va Selkup tillarida soʻzlashuvchi etnik jihatdan xilma-xil aholi mavjud bo'lgan. Sibir xonligi tarixda eng shimoliy musulmon davlat boʻlgan.

  1. Isxakov D. M. Tyurksko-tatarskie gosudarstva XV—XVI vv. — Kazan: Institut istorii im. Sh. Mardjani AN RT, 2004.— Glava 2 — C. 32.
  2. N. Ye. Artemov, V. I. Lebedev. Istoriya SSSR s drevneyshix vremen do XVIII v. 1959 g. S. 280

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne