Sitora Farmonova | |
---|---|
![]() Sitora Farmonova „Yotoqxona“ serialini olish paytida | |
Tavalludi |
20-avgust 1984-yil |
Fuqaroligi |
![]() |
Kasbi | Aktrisa, qoʻshiqchi va qiziqchi |
Faoliyat yillari | 2000 — hozirgacha |
Yoʻnalish | pop |
Sitora Farmonova (1984-yil 20-avgustda tugʻilgan) — oʻzbek film aktrisasi, qoʻshiqchisi va qiziqchisi. U bir necha oʻzbek kinokomediyasida, jumladan, „Xavfli burilish“ (2004), „Mening akam boʻydoq!“ (2011) hamda „Endi dadam boʻydoq?“ (2013) filmlarida oʻynagan rollari bilan oʻzbek kino olamida shuhrat qozondi. Farmonova yana rejissor Veit Helmerning „Baikonur“ (2011) filmida oʻynagan roli bilan taniqlidir. Farmonova olmon rejissori olgan filmda rol oʻynagan birinchi oʻzbek aktrisasidir.
Farmonova qoʻshiq ham kuylaydi. U „Bahor-kuz“, qoʻshigʻi bilan Oʻzbekistonda tanildi. Qoʻshiqqa muxlislar hamda tanqidchialr yuqori baho berdi.
2015-yildan beri Farmonova „Азия MIX“ Bishkek jamoasi tarkibida KVN festivalida ishtirok etib keladi. 2016-yilning iyulida aktrisa KVN oʻyinlarining birida „millatini kulgiga qoldirgani uchun“ tanqidga uchradi. Buning ortidan „Oʻzbeknavo“ Farmonovaning litsenziyasini toʻxtatdi.[1]