Sovet Ittifoqidagi kurdlarning surgun qilinishi ittifoq hududdida yashovchi baʼzi sovet kurdlarining chiqarib yuborilishi bilan bogʻliq. 1937-yilda bir qism arman kurdlari va ozarbayjon kurdlari, 1944-yilda esa bir qism gruzin kurdlari Qozogʻiston SSR, Qirgʻiziston SSR va Oʻrta Osiyoga koʻchib keldi. 1937-yildagi migratsiya sababi sifatida sovet tuzumiga qarshi turish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy imunosabatlarida shayxlik, sayyidlik, qon adovat kabi urf-odatlarning mavjudligi, patriarxal munosabatlardan kelib chiqqan boy og‘alarning hukmronligining davom etayotgani, kolxoz va sovxoz tuzumiga to‘sqinlik qilayotgani sanab o‘tilgan. 1944-yilgi migratsiya uchun Davlat mudofaa qoʻmitasi tomonidan Ikkinchi jahon urushi davrida qishloqlarda yashovchi baʼzi kurdlar Turkiyaga razvedka maʼlumotlarini bergani sababli amalga oshirilgan.