„Still Waiting“ | ||||
---|---|---|---|---|
Sum 41 qoʻshigʻi | ||||
„Does This Look Infected?“ albomidan | ||||
Chiqarilgan sanasi | 18-noyabr 2002-yil | |||
Yozib olingan | 2002 | |||
Janr | ||||
Davomiyligi | 2:38 | |||
Leybl | Island | |||
Matn muallif(lar)i | Deryck Whibley | |||
Prodyuser(lar) | Greig Nori | |||
Sum 41 singllari xronologiyasi | ||||
| ||||
Klipi | ||||
„Still Waiting“ YouTubeda |
„Still Waiting“ (tarjimasi „Haliyam kutyapman“) — Kanadada tuzilgan „Sum 41“ rok musiqa guruhi ijro etgan qoʻshiq. 2002-yilning noyabr oyida guruhning „Does This Look Infected?“ nomli albomining asosiy singli oʻlaroq eʼlon qilingan. Qo'shiq oʻsha paytdagi AQSh prezidenti George Bush hamda Iroq urushiga qarshi yozilgan.
„Still Waiting“ ashulasi guruh repertuaridagi eng taniqli taronalarning biridir. Qoʻshiq Buyuk Britaniyaning UK Rock & Metal xit-paradida birinchi pogʻonagacha koʻtarilgan[1]. Qoʻshiqning 2009-yilda YouTubega yuklangan klipi 2022-yilgacha 83 million martadan oshiq koʻrilgan.