Sulh shartnomasi

Sulh shartnomasi — xalqaro shartnoma turi. Sulh shartnomasi asosida urush toʻxtatiladi, hududiy oʻzgarishlar va davlat chegaralari qayd etiladi, boshqa siyosiy, harbiy va iqtisodiy masalalar (qoʻshinlarni olib chiqib ketish, harbiy asirlarni qaytarish, reparatsiyalar va boshqa toʻgʻrisida) hal qilinadi. Sulh shartnomasi preliminar (dastlabki) sulh yoki uzilkesil, umumiy (urushgan hamma davlatlar shartnoma qatnashchilari hisoblansa) sulh yoxud separat sulh (urushda qatnashgan davlatlarning ayrimlari oʻrtasida shartnoma tuzilsa) koʻrinishida boʻlishi mumkin.


From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne