Suriya turkmanlari

Suriya turkmanlari

Suriya turkmanlari assambleyasi qabul olgan rasmiy bayroq
Hozirgi joylashuv areali va aholi soni
Jami: 1.500.000-5.000.000 [1]
Suriya bayrogʻi Suriya Turkiya bayrogʻi Turkiya Livan bayrogʻi Livan
Til Turk tili · Arab tili
Dini Sunniy Islom
Irqiy turi Yevropeoid
Oʻxshash xalqlar Oʻgʻuz turklar (Turklar · Iroq turkmanlari · Misr turkmanlari)
Etnik guruhlar Turkiy xalqlar

Suriya turkmanlari (Suriyadagi turklar, Suriya turkomanlari yoki Suriya turklari deb ham ataladi) – Suriyada yashovchi turkiy xalq. Suriya turkmanlari hozirgi Suriya hududida 11-asrdagi Saljuqiylar davlati davridan beri yashab keladi. Oʻzlarini süriye türkmenleri, süriye türkleri deb atashadi.

Suriya turkmanlari Suriyada arablar va kurdlardan keyingi uchinchi eng yirik etnik guruhdir. Ularning umumiy soni haqida aniq maʼlumot yoʻq. Turli manbalarda Suriya turkmanlarining soni 200 000,[2] 750 000-1 500 000[3][4] yoki 3 500 000[5][6] kishini tashkil qiladi deyilgan.

Suriyadagi fuqarolik urushi davomida Suriya turkmanlari Suriya hukumati kuchlariga qarshi harbiy harakatlarda ishtirok etib, Turkiya yordami va himoyasiga umid qilib kelmoqda. Keyingi yillarda Suriya turkmanlari oʻzlari yashaydigan hududlarni himoya qilish va ularda demokrafik oʻzgarishlar sodir boʻlishini oldishi olish maqsadida rasmiy hukumat – Suriya turklari assambleyasini va uning harbiy qanoti boʻlmish Suriya turkmanlari brigadalarini tuzishdi.

  1. Piccinin, Piere (2011), Après avoir été sur le terrain, La Libre Belgique, Les Turcomans pratiquant exclusivement leur dialecte turc sont 1 500 000. L’ensemble des Turcomans de Syrie (y compris ceux qui ont adopté l’arabe comme langue usuelle), sont estimés entre 3,5 et 6 millions, soit de 15 à 20 % de la population. C’est le troisième groupe de population en importance."
  2. AFP. „Turkmen in joint battle 'for Syria democracy'“. NOW (31-yanvar 2013-yil). 2017-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-fevral 2013-yil.
  3. World Population Review, Syrian Population 2013, „Other major groups in Syria are Kurds (2 million), Syrian Turkmen (0.75-1.5 million) and Assyrians (0.9 to 1.2 million).“
  4. „Who are the Turkmen in Syria?“. BBC (24-noyabr 2015-yil). Qaraldi: 25-noyabr 2015-yil.
  5. ORSAM Report No: 150, Center for Middle Eastern Strategic Studies
  6. ORSAM Report No: 83, The Turkmens of Syria, Quoted from page 16 (in Turkish): „Değişik kaynaklar ve saha çalışmasında elde edilen verilerden yola çıkarak Suriye Türkmenlerinin toplam nüfusu 3,5 milyon civarındadır.

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne