Surnay

Surnay

Surnay (fors. sur — toʻy, bayram va nay; toʻyda chalinadigan nay) — puflab chalinadigan cholgʻu asbobi. Oʻzbek, tojik, turk, Kavkaz, Eron xalqlari orasida keng tarqalgan. Shakli naynikiga oʻxshaydi. Surnayning yuqori tomoni ingichka, pastki tomoni esa konussimondir. Oʻzbekistonda tarqalgan surnaylarning uzunligi 45-55 sm dir. Oʻzbekiston va Tojikistonda surnay karnay, nogʻora va doira bilan anʼanaviy maxsus ansambllarda keng qoʻllanadi. Surnayning Xitoyda ishlatiladigan turi sona, Kavkazorti xalqlarida ishlatilgan turi zurna deb ataladi.


From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne