Tabriz forscha: تبریز | |
---|---|
Shahar | |
38°4′26″N 46°17′46″E / 38.07389°N 46.29611°E | |
Mamlakat | Eron |
Viloyat | 3 |
Provinsiya | Sharqiy Ozarbayjon |
Tuman | Tabriz |
Hukumat | |
• Mayor | Yagʻub Hushyar |
Maydon | 325 km2 (125 kv mi) |
Markazi balandligi | 1351.4 m |
Zichligi | auto kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+3:30 |
Telefon kodi | 041 |
Pochta indeks(lar)i | 51368 |
Tabriz (forscha: تبریز)[lower-alpha 1] — Eronning shimoli-gʻarbida joylashgan Sharqiy Ozarbayjon viloyatining Tabriz tumaniga qarashli shahar. Mazkur shahar Eronda aholi soni boʻyicha oltinchi yirik shahardir.
Tabriz Eronning tarixiy Ozarbayjon viloyatidagi Quru daryosi vodiysida[1], Sahand va Eynali togʻlaridagi vulqon konuslarining uzun tizmalari orasida joylashgan. Tabrizning dengiz sathidan balandligi 1,350 and 1,600 m (4,430 and 5,250 ft) gacha yetadi. Vodiy Urmiya koʻlining sharqiy qirgʻoqlarigacha pasayib, tekislikka aylib boradi. U gʻarbga tomon 60 km (37 mi) gacha choʻzilgan. Shahar 2015-yil oktyabr oyida Butunjahon hunarmandlar kengashi[2] tomonidan Jahon gilam toʻqish shahri va Islom hamkorlik tashkiloti tomonidan 2018-yilning namunali sayyohlik shahri sifatida etirof etilgan[3][4].
Aholisi 1,7 milliondan ortiq (2016) boʻlgan[5] Tabriz shahri, Eronning shimoli-gʻarbiy qismidagi eng yirik iqtisodiy markaz va metropoliten hisoblanadi. Aholisi ikki tilli boʻlib, koʻpchilik ona tili sifatida ozarbayjon tilida, ikkinchi til sifatida esa fors tilida soʻzlashadi[6]. Tabriz avtomobilsozlik, mexanizmlar, neftni qayta ishlash zavodlari, neft-kimyo, toʻqimachilik va sement ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi yirik ogʻir sanoat markazi hisoblanadi[7]. Shahar oʻzining hunarmandchiligi, jumladan, qoʻlda toʻqilgan gilam va zargarlik buyumlari bilan mashhur. Mahalliy qandolat mahsulotlari, shokolad, quritilgan yongʻoqlar va anʼanaviy Tabriziy taomlari butun Eronda eng yaxshilaridan biri sifatida tan olingan. Eronning shimoli-gʻarbiy qismidagi eng mashhur madaniy muassasalar ham ayni Tabriz hududida joylashgan boʻlib, shahar intellektual faoliyat markazi hisoblanadi.
Tabrizda koʻplab tarixiy obidalar mavjud boʻlib, ular Eronning uzoq tarixi davomidagi meʼmoriy oʻtish davrini oʻzida ifodalaydi. Tabrizning saqlanib qolgan tarixiy hududlarining aksariyati Ilxoniylar, Safaviylar va Qojarlar davriga tegishli[8][9]. Bu manzilgohlar orasida Tabrizning katta bozori ham bor, u Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan[10][11]. Ilk yangi davrdan boshlab, Tabriz uchta qoʻshni mintaqalarning (Kavkaz, Sharqiy Anadolu va Markaziy Eron) rivojlanishi va iqtisodiyotida muhim rol oʻynagan[12]. Zamonaviy davrda, shahar Eron tarixida muhim ahamiyat kasb etgan. Mamlakatning Yevropaga eng yaqin markazi boʻlganligi uchun ham, Eronda erta modernizatsiyaning koʻp jihatlari Tabrizda boshlangan[12]. 19-asrning birinchi yarmidagi ikki rus-fors urushidan keyin Qajarlar sulolasining Kavkaz hududlari Imperator Rossiyasiga majburan berilgunga qadar, Tabriz oʻzining Kavkaz hududlari ustidan Eron hukmronligini amalda ushlab turgan. 1925-yilgacha shahar Qajar toj knyazlarining anʼanaviy qarorgohi boʻlgan.
Manba xatosi: <ref>
tags exist for a group named "lower-alpha", but no corresponding <references group="lower-alpha"/>
tag was found