Tabulatura (lotincha: tabula — taxta, jadval) — nota yozuvining ilk shakllaridan[1]. Tabulatura muayyan musiqa asbobiga moʻljallangan boʻlib, unda musiqa asari jadval shaklida, musiqiy tovushlar esa harflar, raqamlar va boshqa maxsus belgilar yordamida ifodalanadi. Bu yozuv odatda pardali torli asboblar uchun qoʻllanadi.