Asl nomi | Tavilot al-Qurʼon (shuningdek, Tavilot ahl as-sunna)[1] |
---|---|
Muallif(lar) | Abu Mansur al-Moturidiy |
Mamlakat | Movarounnahr |
Til | Arab, Turkiy |
Janr(lar)i | Tafsir |
Keyingisi | Kitob at-tavhid |
Tavilot ahl as-Sunna (arabcha: تأويلات أهل السنة) yoki Tavilot al-Qurʼon (arabcha: تأويلات القرآن) asari Tafsir al-Moturidiy (arabcha: تفسير الماتريدي) nomi bilan mashhur boʻlib, klassik sunniy tafsiri (Qurʼon tafsiri) hisoblanadi va Tabariy bilan zamondosh hanafiy olimi Abu Mansur al-Moturidiy (vaf. 333/944) tomonidan yozilgan[2][3][4][5].
Al-Moturidiy nufuzli va betaraf manbalardan foydalanishni afzal koʻrgan. Binobarin, buni anʼanaviy tafsir (Tafsir bi al-maʼtur — anʼana yoki matnga asoslangan talqin) va mantiqiy tafsirni (Tafsir bi ar-Raʼy — mustaqil fikrga asoslangan tafsir) uygʻunlashtirgan tafsir deyish mumkin[6].
Moturidiy asosan maʼlum bir oyat yoki oyatning maʼnolari boʻyicha bahslarda ilohiyot yoki mazhabga oid masalalar nima ekanligini koʻrsatib bergan. Muallif ahl as-sunna val-jamoaning aqidaviy qarashlarini Qurʼonda mavjud boʻlgan toʻgʻri asosda oqilona, asosli va qatʼiy himoya qilgan[7].
Asar ustida ishlagan Alouddin Ahmad ibn Muhammad Abu Bakr as-Samarqandiyning (taxminan 540/1145-yilda vafot etgan) yozishicha, Moturidiy Tavilni oʻzi yozmagan, balki shogirdlari tayyorlagan taʼlimotlar toʻplamidir[8].