![]() | |
Turi |
Torli musiqa cholgʻulari |
---|---|
Ixtirochi(lar) | Eron |
Oʻxshash asboblar | |
Sato | |
Musiqachilar | |
Turgʻun Alimatov, Hojiabdulaziz Abdurasulov, Joʻraxon Sultonov, Fattohxon Mamadaliyev, Orifxon Hotamov, Jalil Sayfi, Mustafo Bafoyev |
Tanbur — torli musiqa asbobi. Oʻzbek milliy cholgʻularidan biri hisoblanadi. Oʻzbek mumtoz maqomlari aynan tanbur cholgʻusida ijro etilgan. Tanbur oʻng qoʻlning koʻrsatrgich barmogʻiga maxsus noxun (mediator) taqib chalinadi. Tanbur cholgʻu cholgʻusi choʻqqisi uzun, kosasi nokday boʻlib, odatda tut daraxtidan yasaladi. Tanbur qadimgi Erondagi eng qadimgi cholgʻu asboblaridan biri boʻlgan. Chalinganda faqat birinchi simi chertib chalinadi, qolganlari esa sadolanib turishi uchun xizmat qiladi. Forobiyning musiqa risolasida Xuroson tanburining parda tuzilishi keltirilgan. Tanbur oʻzbek, tojik, uygʻur va boshqa xalqlarda professional soz sifatida keng tarqalgan. Asbobning chortor (4 torli), panjtor (5 torli), shashtor (6 torli) turlari bor. Tanburning elektr adapter bilan jihozlangan turlari estrada ijrochiligida qoʻllanadi.