Tarjimon

Jon Drayden, ingliz shoiri, adabiyotshunos, tarjimon va dramaturg

Tarjimon – tarjima ishi bilan, yaʼni bir tildagi (manba tili) yozma yoki ogʻzaki matnga boshqa bir tilda (tarjima tili) yozma yoki ogʻzaki ekvivalent matn yaratish bilan shugʻullanadigan mutaxassis.

Zamonaviy davrda bunday mutaxassis, odatda, maxsus oliy maʼlumotga ega boʻlishi kerak; bu tarjima yoki keng filologik yoʻnalishdagi oliy maʼlumot boʻlishi mumkin va sohaga oid (iqtisodiy, yuridik, texnik, tibbiy va boshqalar) tarjimalarni amalga oshirish uchun shaxs faoliyatining tegishli sohasida oliy maʼlumotga ega – iqtisodchilar, huquqshunoslar, muhandislar, shifokorlar, mashinistlar, ular oʻzining oliy maʼlumoti va kasbiy aloqa sferasida tarjimonlarni tayyorlash kurslari doirasida olishi mumkin boʻlgan yetarlicha lingvistik va tarjimonlik tayyorgarligiga ega boʻlgan holatda jalb qilinadi.

Badiiy adabiyot tarjimoni badiiy tarjimalar bilan bir qatorda oʻz ona tilida ham original asarlar yaratuvchi soʻz ijodkori (nosir, shoir) [1] boʻlishi kerak va odatda shunday boʻladi ham. U tilshunoslik, adabiyot, adabiyotshunoslik yoʻnalishlarida oliy maʼlumotga ega boʻlishi mumkin.

Yuqori malakali tarjimon oʻz ishida ilmiy intizomlardan kelib chiqqan qator nazariy va amaliy yutuqlarga tayanadi. Bularga tilshunoslik, shu jumladan, qiyosiy (tilshunoslikda komparativistika); tillar oʻrtasidagi tarjimaning umumiy nazariyasi va maʼlum bir juft tillar oʻrtasidagi tarjimaning alohida nazariyalari bilan bogʻliq tarjimashunoslik. Ishlab chiqarish sohalari tarjimonlari tarjima qilinayotgan matn sohasi (matnga mos keladigan tibbiyot, texnologiya, huquq va boshqalarning boʻlimlari) haqida yaxshi tasavvurga ega boʻlishi kerak va shu soha boʻyicha har ikki tilda qabul qilingan terminologiyani, shuningdek, maxsus ilmiy-uslubiy adabiyotlarda oʻz aksini topgan ilmiy-texnikaviy tarjimaning joriy etilgan usullarini bilishi lozim. Adabiy tarjimonlar asosan adabiyotshunoslik yutuqlariga, jumladan qiyosiy (adabiyotshunoslikda komparativistika), sheʼr tarjimonlari esa sheʼriyat sohasidagi asarlarga tayanadi.

XX asrning oxiridan boshlab tarjimonlar avtomatlashtirilgan va avtomatik tarjimaning elektron tizimlaridan foydalanib, kompyuter dasturlari chiqarib bergan natijalarni tahrirlagan holda samaradorlikni oshirishga muvaffaq boʻldilar.

  1. „Грегор напроказил. История советского переводоведения“ (ru). Радио Свобода. Qaraldi: 2021-yil 29-iyun.

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne