Tehron تهران | |
---|---|
poytaxt | |
![]() | |
35°42′0″N 51°25′0″E / 35.70000°N 51.41667°E | |
Mamlakat | Eron |
Ostan | Tehron (Ostan) |
Hukumat | |
• Hokim | Moxammed Bager Galibaf |
Asos solingan | mil.av. 6-ming yillik |
Maydon | 707 km2 (273 kv mi) |
Markazi balandligi | 1200 m |
Rasmiy til(lar)i | Forscha |
Aholisi (2012) |
8 778 535[1] |
Zichligi | 10 000 kishi/km2 |
Milliy tarkib |
forslar, ozarbayjonlar, mozandaronlar, kurdlar, arablar, armanlar |
Konfessiyaviy tarkib |
musulmonlar (96%), masihiylar, bahoiylar, yahudiylar, zardushtiylar |
Vaqt mintaqasi | UTC+3:30 |
Telefon kodi | +98 21 |
Pochta indeks(lar)i | 13ххх-15ххх |
|
Tehron (forscha: تهران) — Eronning poytaxti, Osiyodagi eng katta shaharlardan biri.[2] Shahar atrofi (Katta Tehron) aholisini qoʻshganda Tehron aholisining soni rasmiy maʼlumot boʻyicha 13 million, norasmiy maʼlumotga koʻra 16 milliondir.[3] Aholisi soni boʻyicha Tehron jahonda 21-oʻrinda. Tehron Eronning siyosiy, iqtisodiy, transport, savdo va madaniy markazidir.
Tehron Eronning shimolidagi Elburs togʻining etagida, Kaspiy qirgʻogʻidan 90 km uzoqlikda joylashgan. Shahar gʻarbdan-sharqgacha togʻ yonbagʻri boʻyi bilan 40-50 kilometrga choʻziladi. Tehronning shimoliy tumani (Shemiran) dengiz sathidan 2000 metr balandlikda joylashdan. Shahrning janubiy atrofi (Rey, Sultonobod) Kavir toshloq choʻliga yaqin.
Tehron geografik jihatdan bir qancha chegaralarga, jumladan shimoli-sharqdagi Turkmaniston chegarasiga juda yaqin joylashgan.
Tehron Eronning avtomobil, elektronika, harbiy qurol-aslaha, yengil sanoat, qand, sement va kimyo sohalarining markazi hisoblanadi.[4] Shu bilan birga shahar mato va gilamlari bilan ham mashhur. XX asrda davlatning boshqa hududlaridan Tehron shahriga xalqlar ommaviy koʻchib kelishi keng avj oldi. Mahalliy aholisi forslar boʻlgani sababli, Tehron aholisining 98 foizi fors tilida, qolgan 2 foizi arab, ozarbayjon, arman, kurd tillarida gaplashadi.
Tehron zamonaviy va katta qishloq sifatida tanilgan