| |||||
---|---|---|---|---|---|
Shtat | |||||
| |||||
Shtat laqabi: Yolgʻiz Yulduz shtati | |||||
Mamlakat | AQSh | ||||
Poytaxt | Ostin | ||||
Eng yirik shaharlar | Hyuston San Antonio Dallas | ||||
Maydon • Butun |
AQSh: 2-oʻrinda 696 241 km² | ||||
Aholi • Butun (2021) |
AQSh: 2-oʻrinda ↗29 183 290[1] | ||||
YIM |
AQSh: 3-oʻrinda $1 065 891 million | ||||
Ittifoqqa kirish • Sana |
28-boʻlib 29-dekabr 1845 | ||||
Vaqt | UTC-6 (CST) / -7 (MST) | ||||
Qisqartma | TX [48] | ||||
Shtat guli | Bluebonnet | ||||
Shtat daraxti | Pecan |
Texas (inglizcha: Texas; talaffuzi: Teksas) — AQSh shtatlaridan biri boʻlib, aholi va maydon jihatdan ikkinchi oʻrinda, qitʼa shtatlari orasida esa birinchi oʻrinda turadi. Nomi kaddo tilidagi „Tejas“ soʻzidan olingan boʻlib, „doʻstlar“ yoki „ittifoqdoshlar“ degan maʼnoni anglatadi.[2] Geografik jihatdan mamlakat janubi markazida joylashgan boʻlib, janubdan Meksikaning Chihuahua, Coahuila, Nuevo León va Tamaulipas shtatlari, gʻarbdan AQShning New Mexico, shimoldan Oklahoma, shimoli-sharqdan Arkansas va sharqdan Louisiana shtatlari bilan chegaradosh. Texas maydoni 696 200 km2 (268 820 kvadrat milya) boʻlib, unda 26,1 million aholi istiqomat qiladi.[3]
Texas Amerikaning qishloq xoʻjalik, chorvachilik, taʼlim, neft va kimyo sanoati, iqtisodiy markazlaridan biri sanaladi. Shtat poytaxti — Ostin, maʼmuriy boʻlinuvi — okruglar (254). Shtatning pochta qisqartmasi — TX.
<ref>
tag; no text was provided for refs named TribesofTexas