„The Nobodies“ | ||||
---|---|---|---|---|
![]() | ||||
Marilyn Manson qoʻshigʻi | ||||
„Holy Wood (In the Shadow of the Valley of Death)“ albomidan | ||||
Chiqarilgan sanasi | 6-oktyabr 2001-yil | |||
Yozib olingan | 2000 | |||
Janr | Industrial-rok | |||
Davomiyligi | 3:40 | |||
Leybl | Interscope | |||
Matn muallif(lar)i | ||||
Prodyuser(lar) |
| |||
Marilyn Manson singllari xronologiyasi | ||||
| ||||
Klipi | ||||
„The Nobodies“ YouTubeda |
„The Nobodies“ (tarjimasi „Hech kimlar“) — Amerikada tuzilgan „Marilyn Manson“ guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning „Holy Wood (In the Shadow of the Valley of Death)“ (2000) nomli toʻrtinchi studiyaviy albomining uchinchi va yakuniy singli oʻlaroq chiqarilgan. Qoʻshiqda 1999-yilda Columbine maktabidagi qirgʻinni uyushtirgan Eric Harris va Dylan Kleboldga ishoratlar bor[1]. Qoʻshiq nomi John Lennon qotili Mark David Chapman aytgan „oʻzimni hech kimdek his qilganman“ (inglizcha: [I] felt like a nobody) jumlasidan olingan.
Qoʻshiq singl oʻlaroq Buyuk Britaniyada 2001-yilning 3-sentyabrida, AQShda esa oʻsha yilning 6-oktyabrida chiqarilgan[2][3]. Johnny Depp bosh rolni oʻynagan „From Hell“ (2001) filmida taronaning remiksi yangraydi[4]. Qoʻshiq 2005-yilda „The Nobodies: 2005 Against All Gods Mix“ nomi bilan Yevropa va Osiyoda guruhning „Against All Gods“ dunyo gastroli munosabati bilan bilan eʼlon qilingan, AQShda esa „Lest We Forget: The Best Of“ terma albomiga kiritilgan. Shuningdek, taronaning akustik versiyasi ham mavjud.
Rejissyor Paul Fedor „The Nobodies“ qoʻshigʻi uchun klip suratga olgan. Guruh solisti Marilyn Manson dastlab qoʻshiq uchun Rossiyada klip olish haqida oʻylagan, chunki mamlakatdagi „muhit, xaroblik, sovuqlik va arxitektura qoʻshiqqa juda mos keladi“ deb oʻylagan[5], ammo bu fikrdan voz kechgan.
Columbine maktabidagi qirgʻin ortidan ayrim matbuot nashrlari hamda ayrim siyosatchilar, jumladan, senator Joseph Lieberman qotillar Marilyn Manson qoʻshiqlarini tinglaganini va guruh qoʻshiqlari ularni qotillikka undaganini iddao qilgan. Ammo aslida Harris va Klebold guruh muxlislari boʻlmagani aytiladi. Michael Moore suratga olgan „Bowling for Columbine“ hujjatli filmida Manson bu borada oʻz fikrini izhor qilgan. Moore undan qotillikni sodir etgan oʻsmirlar va Columbine jamoasiga nima degan boʻlishini soʻraganida, „Men ularga hech nima demagan boʻlardim. Men ular aytmoqchi boʻlganini eshitgan boʻlardim. Hech kim shu ishni qilmadi“, deb javob bergan[6].