The Adventures of Sherlock Holmes

The Adventures of Sherlock Holmes

Ilk nashr muqovasi
Muallif(lar) Arthur Conan Doyle
Til inglizcha
Janr(lar)i detektiv hikoyalar
Nashr etilgan sanasi 1892-yil 14-oktyabr
Nashriyot George Newnes
Sahifalar soni 307
Keyingisi Sherlock Holmesning memuarlari

„The Adventures of Sherlock Holmes“ (tarjimasi „Sherlock Holmes sarguzashtlari“) — shotland yozuvchisi Arthur Conan Doyle yaratgan izquvar Sherlock Holmes haqidagi 12 hikoyani oʻzida jamlagan toʻplam. Ilk bor 1892-yilning 14-oktabrida chop etilgan. Unga kiritilgan individual hikoyalar 1891-yilning iyunidan 1892-yilning iyuligacha „The Strand Magazine“ jurnalida nashr qilingan.

Toʻplamga kiritilgan hikoyalar xronologik ketma-ketlikda berilmagan. Barcha hikoyada uchraydigan obrazlar Holmes hamda doktor Watson (talaffuzi: Uotson) obrazlaridir. Hikoyalar birinchi shaxsda Watson nuqtai nazaridan soʻzlab beriladi.

Umuman olganda, „The Adventures of Sherlock Holmes“ga kiritilgan hikoyalarda Holmes ijtimoiy nohaqliklarni aniqlashga va ularni tuzatishga urinadi. Holmes adolatga yangicha, odilroq nazar bilan qaraydi. Hikoyalar kitobxonlar va tanqidchilar tomonidan yaxshi kutib olingan hamda „The Strand Magazine“ obunachilari sonini oshirgan. Natijada Doyle keyingi hikoyalari uchun nashriyotdan koʻproq haq talab qila olgan. Toʻplamning birinchi hikoyasi boʻlmish „Izquvarning inqirozi“da (inglizcha: A Scandal in Bohemia) Irene Adler (talaffuzi: Ayrin Adler) obrazi ilk bor gavdalanadi. Bu obraz Doylening bitta hikoyasida tilga olingan boʻlsa-da, Holmes haqidagi zamonaviy ekranizatsiyalarda muhim rol oʻynaydi. Adler odatda Holmesning ishqiy qiziqishi oʻlaroq tasviralanadi. Doyle mazkur toʻlamga kiritilgan 4 hikoyani oʻzining Holmes haqidagi eng sevimli 12 hikoyasi qatoriga qoʻshgan. Muallif „Chipor lenta“ (inglizcha: The Adventure of the Speckled Band) hikoyasini eng sevimli asari oʻlaroq koʻrsatgan.


From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne