The Beatles

The Beatles
Umumiy maʼlumot
Kelib chiqishi Liverpul, Angliya
Mamlakat Buyuk Britaniya
Faoliyat yillari 1960–1970
(Qisman qayta birlashuv: 19941995)
Janr Rok/Pop[1]
Leybl Parlophone, Capitol, Apple
Vee-Jay, Polydor, Swan, Tollie
Tarkib John Lennon
Paul McCartney
George Harrison
Ringo Starr
Sobiq aʼzolar Stuart Sutcliffe
Pete Best
Vebsayt www.beatles.com

The Beatles yoki Beatles (talaffuzi: Bitlz) — ingliz vokal cholgʻu ansambli. Rok musiqasi asoschilaridan. 1950-yillar oxirida Liverpulda kvartet tarzida tashkil etilgan. Asarlarni asosan P. Makkartni bilan J. Lennon ijod qilgan. "B." dastlab oʻyinbop (sheyk, tvist kabi roknroll usullariga asoslangan) qoʻshiqlarni ijro etgan. Keyinchalik, kelt folklori, ingliz balladasi uslublari hamda zamonaviy ritmlardan ijodiy foydalanib, oʻziga xos uslub yaratgan. 1966-yilgacha jahon boʻylab katta sahnalarda (hatto stadionlarda ham) konsertlar bergan. 1967-yildan boshlab asosan ovoz yozish studiyalarida ishlab, 10 dan oshiq gramplastinka chiqargan, 3 filmga musiqa yozgan. 1970-yilda tarqalib ketgan. "B." guruhi rokmusiqasi rivojiga muhim hissa qoʻshib, uni oʻyinkulgi, maishat doirasidan sanʼat darajasiga koʻtargan.[2]

The Beatles AQShda eng koʻp sotiladigan albomlar chiqargan.[3] Buyuk Britaniyada The Beatles'ning 40 dan ortiq turli singllari va albomlari chartlarda birinchi oʻrinlarga chiqqan. EMI leybl kompaniyasiga koʻra, 1985 yilgacha dunyoda The Beatles'ning bir milliarddan ortiq disk va kassetalari sotilgan.[4] 2004 yili Rolling Stone jurnali The Beatles'ni 100 nafar Eng Buyuk Artistlar roʻyxatida birinchi pogʻonaga loyiq koʻrdi.[5] Ularning musiqiy faoliyati XX asr madaniyatini shakllantirdi.

  1. The Beatles rock va pop'ning juda koʻp janrlarida ijod etishgan.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. The American Recording Industry Announces its Artists of the Century, 2007-09-30da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2007-09-26
  4. The Beatles - Biography
  5. The Immortals: The First Fifty, 2008-06-25da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2007-09-26

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne