„The Long and Winding Road“ | ||||
---|---|---|---|---|
The Beatles qoʻshigʻi | ||||
„Let It Be“ albomidan | ||||
B tomon | „For You Blue“ | |||
Chiqarilgan sanasi | 11-may 1970-yil | |||
Yozib olingan | 26-yanvar 1969-yil; 1-aprel 1970-yil | |||
Studiya | Apple va EMI, London | |||
Janr | Pop,[1] rok[2] | |||
Davomiyligi | 3:40 | |||
Leybl | Apple | |||
Matn muallif(lar)i | Lennon–McCartney | |||
Prodyuser(lar) | Phil Spector | |||
The Beatles (AQSh) xronologiyasi | ||||
|
„The Long and Winding Road“ (tarjimasi „Uzun va egri-bugri yoʻl“) — „The Beatles“ ingliz guruhi ijro etgan qoʻshiq. 1970-yil guruhning „Let It Be“ nomli albomiga kiritilgan. Qoʻshiqni Paul McCartney yozgan va ijro etgan, ammo muallif oʻlaroq Lennon–McCartney koʻrsatilgan. 1970-yilning mayida, yaʼni „The Beatles“ parchalanib ketganidan keyin bir oy oʻtib singl oʻlaroq chiqarilgan qoʻshiq guruhning AQShda „Billboard Hot 100“ xit-paradida birinchi pogʻonaga koʻtarilgan 20-hamda yakuniy kompozitsiyasidir.
Qoʻshiqning yakuniy versiyasi 1969-yilning yanvarida yozib olingan. Mazkur versiya oz aranjirovka qilingan. Prodyuser Phil Spector ushbu sessiyalar chogʻida yozib olingan kassetalardan yakuniy versiyasini hozirlayotib taronaga orekstr partiyasini qoʻshgan hamda naqoratlarni qoʻshimcha vokallar bilan bezagan. Spector qilgan oʻzgarishlar McCartneyni gʻazablantirgan. Xonanda „The Beatles“ tarqalgani borasidagi murojaatini Angliya yuqori sudiga topshirayotganida „The Long and Winding Road“ qoʻshigʻi uning roziligisiz oʻzgartirilganini guruh parchalanishiga turtki boʻlgan olti sababning biri oʻlaroq koʻrsatgan. Keyinchalik McCartney va guruh taronaning soddaroq versiyalarini eʼlon qilgan.
McCartneyga qoʻshiqni yozish fikri Shotlandiyadagi Campbeltown shahridagi koʻchmas mulkiga ilk marotaba borganida kelgan[3]. „High Park Farm“ nomi berilgan mulkni u 1966-yilda xarid qilgan boʻlgan[4]. „Uzun va egri-bugri yoʻl“ jumlasini xonanda Shotlandiya koʻrgan yoʻl va togʻlardan ilhomlanib yozilgan[3]. McCartneyga qoʻshiqni 1968-yil oʻz fermasida, „The Beatles“ guruhi aʼzolari oʻrtasida tanglik yuzaga kelgan bir paytda yozgan[5].