30 Seconds to Mars | |
---|---|
![]() | |
Umumiy maʼlumot | |
Kelib chiqishi | Los Anjeles, Kaliforniya |
Mamlakat | AQSh |
Faoliyat yillari | 1998–bugun |
Janr | alternative metal |
Leybl | Virgin, Immortal |
Tarkib |
Jared Leto Tomo Miličević Shannon Leto Tim Kelleher |
Sobiq aʼzolar |
Matt Wachter Solon Bixler Kevin Drake |
Vebsayt | www.30secondstomars.com |
30 Seconds to Mars (inglizchadan tarjimasi: „Marsgacha 30 soniya“)1998-yilda Los Angeles shahrida tuzilgan amerikalik rock guruhdir. 2007-yildan beri guruh Jared Leto (vokal, ritm gitara, shoir), Shannon Leto (dovul, perkussiya) va Tomo Miličević (bosh gitara, klavish) lardan iborat. Matt Wachter (hozirda Angels & Airwaves tarkibida) 2007-yili guruhdan ketganindan keyin Tim Kelleher bas gitarachi boʻlib vaqtincha qoʻshildi, 2009-yili esa guruhga konsert sayohati uchun Braxton Olita klavishchi qilib olindi. Shuningdek, guruhda oldin gitarachilar Solon Bixler (hozir Great Northern tarkibida) va Kevin Drake (hozir Polaroid Kiss tarkibida) ijro etishgan.
Shu kunga qadar 30 Seconds to Mars uchta studiya albomi – 30 Seconds to Mars (2002), A Beautiful Lie (2005), This Is War (2009) va uchta mini-albom – AOL Sessions Undercover (2007), To the Edge of the Earth (2008) va MTV Unplugged: 30 Seconds to Mars (2011) chiqargan.
30 Seconds to Mars musiqasi progressive rock,[1] progressive metal[2] va post-grunge janrlariga xos, deyiladi,[3] biroq ular shuningdek screamo,[4] emo,[3] space rock,[2] synth rock[1] va post-hardcore janrlarida ham ijod etishadi. Ularni falsafiy ashulalari, tajribaviy musiqalari uchun Pink Floyd[5] va Tool[6] guruhlariga qiyoslashadi.