„Ti menya zabud“ | |
---|---|
DJ Piligrim qoʻshigʻi | |
Chiqarilgan sanasi | 2007 |
Yozib olingan | 2007 |
Davomiyligi | 4:28 |
Matn muallif(lar)i | DJ Piligrim |
Bastakor(lar) | DJ Piligrim |
Klipi | |
„Ti menya zabud“ YouTubeda |
„Ti menya zabud“ (ruscha: Ты меня забудь, yaʼni „Sen meni unut“) — oʻzbek DJi va xonandasi DJ Piligrim (haqiqiy ismi Ilhom Yoʻlchiyev) ijro etgan qoʻshiq. 2008-yil yakunida eʼlon qilingan, ammo ayrim manbalarda 2008-yil chiqarilgan, deb yozilgan. Qoʻshiq xonandaning „Ti menya…“ nomli albomiga kiritilgan. Qoʻshiq matnini ham, kuyini ham DJ Piligrim yozgan. Tarona xonandaning 2020-yil qilingan „Pesni na russkom 2020 Vol-1“ terma albomiga kiritilgan[1]. Qoʻshiq nafaqat Oʻzbekistonda, balki qoʻshni respublikalarda hamda Rossiyada xitga aylangan[2]. DJ Piligim aynan shu qoʻshiq eʼlon qilinishi ortidan Rossiyada shuhrat qozongan[3].
„Ti menya zabud“ qoʻshigʻi uchun olingan klipda DJ Piligrim oq rangli xonani barbod qiladi. Klip davomida u yugurib ketayotgani ortga aylantirib koʻrsatiladi. Klipning ikkinchi yarmida uy barbod qilingan kadralar ortga qaytariladi. Video yakunida esa DJ Piligrim taronani tomoshabinlar oldida ijro etayotyani tasvirlangan. Klip 2007-yil eʼlon qilingan, ammo DJ Piligrimning rasmiy YouTube kanaliga 2020-yilda yuklangan.
2020-yil DJ Piligrim qoʻshiqni kelib chiqishi qozogʻistonlik xonanda Natan bilan yangi talqinda ijro etgan[4]. Mazkur versiyada Natan yangi yozilgan kupletlarni kuylagan.