Toj Mahal – Hindistondagi boburiylar sulolasining vakili Shoh Jahon davriga oid meʼmoriy yodgorlik. Toj Mahal 1631-yil boshlanib 1652-yil qurilishi tugatilgan.
Agra sh. yaqinidagi Jamna daryosi boʻyida Shoh Jahon suyukli xotini Arjumandga(Mumtoz Mahal begim,Mumtoz Bibika Rauza nomlari bilan mashhur boʻlgan) atab vafotidan (1631-yil 7 iyul) soʻng qurdirgan.Keyinchalik oʻzi ham shu yerga dafn qilingan.Maqbara (loyiha meʼmori Usta Ahmad Lahori) turk meʼmori Muhammad Isoxon afandi boshchiligida bunyod etilgan. Toj Mahal murabba tarhli, 3 qavatli, 5 gumbazli. Marmar supa (104x|04x7 m) ustiga qurilgan. 4 burchagidagi ingichka minoralar (bal. 45 m) maqbaraga oʻzgacha husn bagʻishlagan. Devorlari oq marmar bilan qoplangan, turli rangdagi qimmatbaho toshlar (haqiq, marvarid, sadaf, qahrabo, zumrad, yoqut, fil suyagi va boshqalar)dan qadama naqshlar ishlangan.Bosh tarzi(eni 56,7 m) peshtoq ravoqli. Maqbaraning old tomoniga 2 qator daraxtlar ekilgan, favvorali hovuz, gulzorlashtirilgan uzun yoʻlka bor.Zinapoyalar bilan marmar supaga chiqib, oʻyma naqshli eshikdan maqbaraga kiriladi. Oʻrtadagi katta gumbazli xonada qora marmarli sagʻana (Shri-Lankadan keltirilgan) qoʻyilgan. Toj Mahalning beqiyos husni bogʻning janubiy darvozasi orqali koʻzga yaqqol tashlanadi. Mahobatli bino qurilishida nafaqat Hindiston, balki Oʻrta Osiyo, Eron, Vizantiya meʼmorlarining oʻziga xos uslublari oʻz ifodasini topgan. Maqbara qurilishida gʻisht teruvchi qandahorlik Muhammad Xanif, multonlik Muhammad Sayid, minorada mahalliy usta Ismoilxon Rumiy, samarqandlik Muhammad Sharif, lahorlik Kozimxonlar hamda koʻpgina naqqosh va xattotlar qatorida buxorolik ota Muhammad va Shukur naqqoshlar qatnashgan. Binonig asosiy zinapoyasi o'rta osiyolik Bekzod hunarmand tomonidan loyihalashtirilgan.