Tom Friendly

Tom FrendlyHayot-mamot Amerika teleserialidagi ikkinchi darajali qahramonlardan biri. Tom Boshqalardan biri va shak-shubhasiz Benga sodiq qahramon. Birinchi va ikkinchi mavsumlarda u Boshqalarning vahimali vakili sifatida rol ijro etdi va bu rolida ularning yetakchisidek taassurot qoldirdi. Omon qolganlar bilan birinchi uchrashuvlarda u soxta soqolli va eski kiyim kiygan edi. Keyinchalik maʼlum boʻlishicha, Boshqalar oʻzlarining asl kelib chiqishini shu tarzda yashirishgan. Benning soʻzlariga koʻra, Tom ularning haqiqiy rahbari Jeykob bilan solishtirganda hech kim emas. Biroq u Etan bilan suhbati, Aleks, Pikett bilan va Xyorli, Jek, Keyt va Soyerni qoʻlga olgan Boshqalar guruhi bilan boʻlgan munosabatlaridan koʻrinib turibdiki, u qandaydir kuch va taʼsirga ega edi. U 2004-yil 21-dekabrda 3-mavsumning „Koʻzgu ortida“ soʻnggi seriyasida Soyer tomonidan otib oʻldirilgan[1].

  1. «Повесть о двух городах». Деймон Линделоф и Дж. Дж. Абрамс(сценаристы), Джек Бендер (режиссёр). Остаться в живых. ABC. 4 октября 2006. Серия 1, сезон 3.

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne