Asl nomi | Tom Sawyer Abroad |
---|---|
Muallif(lar) | Mark Twain |
Tarjimon(lar) | Abduvoris Abdumajidov |
Til | inglizcha |
Janr(lar)i | roman |
Nashr etilgan sanasi | 1894 |
Nashriyot | „Yosh gvardiya“ |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1980 |
Sahifalar soni | 110 |
„Tom Saywerning yangi sarguzashtlari“ (talaffuzi: Tom Soyerning yangi sarguzashtlari) (inglizcha: Tom Sawyer Abroad, yaʼni „Tom Sawyer xorijda“) — amerikalik yozuvchi Mark Twain qalamiga mansub roman. Muallif asarni 1894-yil yozgan.
Roman Jules Verne qalamiga mansub sarguzasht hikoyalarga parodiya oʻlaroq yozilgan. Asar Tom Sawyer haqidagi boshqa asarlarning davomidir. Romanni rus tilidan oʻzbek tiliga Abduvoris Abdumajidov tarjima qilgan.