Tom va Jerry | |
---|---|
Tom and Jerry | |
![]() Tom va Jerry (1946–1954-yil) | |
Rejissyor(lar) |
|
Prodyuser(lar) |
|
Ssenariynavis(lar) |
|
Rollarda |
|
Bastakor(lar) |
Scott Bradley (113 qism) Edward Plumb (1 qism) Steven Konichek (12 qism) Eugene Poddany (20 qism) Dean Elliott (8 qism) Carl Brandt (2 qism) Hoyt Curtin (16 qism) Yvette Blais va Jeff Michael (15 qism) Tom Worrall (39 qism) Gary Lionelli (26 qism) J. Eric Schmidt Tom Erba (26 qism) Vivek Maddala David Ricard John Van Tongeren Henry Mancini (film) |
Studiya(lar) |
MGM Cartoons (Hanna-Barbera shorts) Rembrandt Films (Gene Deitch shorts) MGM Animation/Visual Arts (Chuck Jones shorts) |
Distribyutor | Metro-Goldwyn-Mayer |
Chiqarilgan sanasi | Fevral 1940-Noyabr 2014 |
Davomiyligi | 6-10 daqiqa |
Mamlakat |
![]() |
Til | inglizcha |
Tom va Jerry — 1940-yilda William Hanna va Joseph Barbera tomonidan yaratilgan komediya janridagi Amerika qisqa hajmli filmlardan iborat boʻlgan animatsion seriali. Serialdagi asosiy qahramonlar mushuk Tom va sichqon Jerry hisoblanadi.
Tom and Jerry 114 qismli qisqa hajmli filmlari, Hanna va Barbera tomonidan Metro-Goldwyn-Mayer hamkorligida 1940-yildan to 1958-yilgacha ishlab chiqarilgan.[1]
Ushbu qahramonlar haqida koʻplab televizion seriallar ishlangan boʻlib, bular The Tom and Jerry Show (1975), The Tom and Jerry Comedy Show (1980—1982), Tom and Jerry Kids (1990—1993), Tom and Jerry Tales (2006-08) va The Tom and Jerry Show (2014-bugun) hisoblanadi. Toʻliq hajmli filmlardan esa ilk bor Tom and Jerry: The Movie filmi ishlangan va 1992-yilda chiqarilgan. Tom va Jerry’ning direct-to-video filmlar esa 2002-yildan boshlab bugungacha ishlab kelinmoqda va hozirda ularning soni 13 ga yetgan.