Toqi Telpakfurushon | |
---|---|
Muqobil nomlari |
Choharsuyi Oxanin Toqi Kitobfurushon Toqi Xoja Muhammad Parron Toqi Allofi Toqi Ordfurushon |
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | Tarixiy obida |
Turi | toq |
Shahar | Buxoro |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Qurilishi boshlangan | 1571-yil |
Texnik holati | |
Material | pishgan gʻisht, yogʻoch, ganch |
Qavatlar soni | 1 |
![]() |
Toqi Telpakfurushon (forscha telpakfurushlar toqi) — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik va bosh kiyimlari sotish va tayyorlash uchun qurilgan savdo markazlaridan biri boʻlgan. Mazkur meʼmoriy yodgorlik Shayboniy hukmdor Abdullaxon II davrida 1571-yilda bunyod etilgan[1]. Hozirgi kunda Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.