Torontodagi G-20 sammiti (2010)

Torontodagi G-20 sammiti (2010)
inglizcha: 2010 G-20 Toronto summit'

Toronto sammiti ishtirokchilari
Mezbon davlat Kanada bayrogʻi Kanada
Sana 26-27-iyun 2010-yil
Shior Tiklash va yangitdan boshlash
Oʻtkaziladigan joy(lar) Brisbane Convention & Exhibition Centre, Toronto shahri, Kanada
Shaharlar Toronto shahri, Kanada
Ishtirokchilar G20 (+Efiopiya, Malavi, Niderlandlar, Nigeriya, Ispaniya,Vyetnam)
Keyingi Seuldagi G-20 sammiti (2010)
Avvalgi Pittsburgdagi G-20 sammiti (2009)
Veb-sayti Official website

Torontodagi G20 sammiti — 2010-yilning 26-27 iyunlarida Kanadaning Toronto shahrida Yigirmattalik Guruh vakillarining toʻrtinchi uchrashuvi boʻlib oʻtgan. Sammit mavzusi sifatida tobora globallashib borayotgan moliyaviy inqirozning oʻtli ravishda umumjahon iqtisodiyotida oqsashlarga sabab boʻlayotgani kun tartibida vakillar tomonidan muhokama qilingan. Sammitda koʻrilgan asosiy mavzular sifatida moliyaviy oʻzgarishlar harakatini toʻ gʻri baholash, iqtisodiyot taqchilligini munosib rivojlantirish[1], global banklar soliqlarini muhokamasi[2] va ochiq bozorlar harakatini yoʻlga qoʻyish kabi masalalar sammitning asosiy muammolari qatoriga kiritilgan.[3] G-20 yirik iqtisodiy qudratga ega mamlakatlar vakillari, oltita mamlakatdan taklif qilingan vakillar va qoʻshmcha sifatida hukumatlararo tashkilotlar vakillari Torontodagi sammitda oʻz qiziqishlarini himoya qilishgan.

Sammitga qadar Kanada Bosh vaziri, Stephen Harper sammit mavzusi shu davrning yomonlashib borayotgan Iqtisodiy inqirozni (tiklash va yangitdan boshlash) shiori ostida sammit oʻtishi va iqtisodiy oʻsishni taʼminlash kun tartibida muhokama qilinishini eʼlon qilgan.[4] Harper avvaliga G8ning 36-nchi marotiba Huntsvilleda sammiti oʻtkazilishi rejalangan joyni G20 vakillarini qabul qilish uchun mezbon sifatida koʻrishini taklif etgan. Keyinchalik tashkilotchilar Ontario shahrini koʻpchilik ishtiroki rejalangan G20 vakillarini yetarlicha mehmondoʻstlikni ta ʼminlashga omillar yetishmasligi tufayli, sammit oʻtkazilish uchun joy Toronto shahriga koʻchirilgan.[5] Tashkilotchilar yagona havfsizlik tizimini tashkil etishgan boʻlib tarkibda bir necha regional hududlardan militsiya hodimlari havfsizlikni taʼminlash uchun Toronto shahar markaziga chaqirilgan.[6] Ushbu sammit Kanada taʼrixida eng qimmatga tushgan va juda keng yoʻsinda havfsizlikni taʼminlash operatsiyasi ekanligi qayd etilgan.[7] Umumiy narhga olganda Huntsvilleda oʻtkazilgan G8ning 36-nchi sammitiga qaraganda Torontodagi G20 sammiti 858 million Kanada dollariga qimmatga tushgan boʻlib havfsizlik hodimlari soni, infratuzilma va mehmondoʻstlik shular jumlasidandir.[8]

  1. Ronald D. Orol.. „G-20 countries set deficit and debt-reducing goals“. The Wall Street Journal. New York City: marketwatch.com (27-iyun 2010-yil). 28-yanvar 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-mart 2012-yil.
  2. „Background: Summit Issues“. The Globe and Mail. Toronto: theglobeandmail.com (28-aprel 2010-yil). 11-iyul 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-iyun 2010-yil.
  3. „Statement by the Prime Minister of Canada“. Government of Canada (18-mart 2010-yil). 20-aprel 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-may 2010-yil. (Wayback Machine saytida 20-aprel 2010-yil sanasida arxivlangan)
  4. Government of Canada (8-may 2010-yil). „PM announces participation of key leaders at the Toronto G-20 Summit this June“. Press-reliz. 25-dekabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-mart 2012-yil.
  5. Rob Gillies.. „Opposition miffed by 7 billion summit security“. The Boston Globe. boston.com (26-may 2010-yil). Qaraldi: 4-aprel 2012-yil.
  6. „G20 Toronto“. Toronto Police Service. 1-iyul 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-may 2010-yil. (Wayback Machine saytida 1-iyul 2010-yil sanasida arxivlangan)
  7. Alcoba, Natalie.. „G8/G20: Gearing up for the biggest security event in Canadian history“. National Post. Mostly Water (25-fevral 2010-yil). 2010-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-mart 2012-yil.
  8. „G8/G20 costs top $857M“. CBC News. CBC.ca (5-noyabr 2010-yil). 7-noyabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-aprel 2012-yil.

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne