Toshkent xalqaro Vestminster universiteti

Toshkent shahridagi Vestminster xalqaro universiteti
Xalqaro nomi
Westminster International University in Tashkent
Turi xalqaro universitet
Asos solingan sanasi 16-yanvar, 2002-yil (23 yil avval) (2002-01-16)[1][2]
Rektori Komiljon Karimov[3][4]
Talabalari 5 000[5]
Manzili
12 Istiqlol koʻchasi
, ,
100047
,
Oʻzbekiston
Veb-sayti wiut.uz

Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti (TXVU) – Oʻzbekistondagi universitetlardan biri. 2002-yilda London Vestminster Universiteti, Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda "Isteʼdod" jamgʻarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

Universitetning tarixi TXVU (Toshkent Xalqaro Westminster Universiteti) Oʻzbekistondagi birinchi ingliz tilida dasturlashtirilgan universitet hisoblanadi.

Universitet Toshkent shahar Yashnobod t. Istiqbol koʻchasi 12 uyda joylashgan.

Universitetning oldi tarafida joylashgan gʻishtli bino 1912–1913 yillarda Turkiston davlati bosh quruvchsi – Svarichevskiy G. M.ning loyihasi asosida qurilgan. Dastlab, 2-ayollar gimnaziyasi sifatida foydalanilgan ushbu bino ikki qavatdan iborat boʻlgan (Keyinchalik, binoning uchinchi qavati qurilgan). Sovet davrida esa bu yerda Yuriy Gagarin nomidagi aviatsiya texnikumi joylashgan edi. 2002- yilda bino Toshkentdagi xalqaro Westminster Universitetiga berilgan.

TXVU Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 16-yanvardagi „Toshkent shahrida Xalqaro Vestminster Universitetini tashkil etish toʻgʻrisida“gi 22 son qarori asosida UMID Taʼlim muassasasi ishtirokida tashkil etilgan. TXVU Oʻzbekiston oliy taʼlimning xalqaro standartlarini taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston va boshqa mamlakatlar fuqarolariga bakalavriat va magistratura yoʻnalishlari boʻyicha oliy-kasbiy taʼlim toʻgʻrisidagi xalqaro miqyosda tan olingan diplomlarni olish imkoniyatlarini osonlashtirish uchun moʻljallangan.

Ayni paytda Universitet kampusida ochiq va yopiq futbol va voleybol maydonlari, maʼruza va konferensiya zallari, axborot resurs markazi, oshxona va bufetlar, zamonaviy oʻquv binolari mavjud. Yaqinda yana bir oʻquv binosi „Shahristanskaya“ koʻchasi boʻyida qurilib, foydalanishga topshirildi. Ikkita zamonaviy, norezident va chet ellik talabalarni joylashtirish uchun yaxshi jihozlangan yotoqxonalar taklif etiladi.

  1. Ibbotson, S.; Lovell-Hoare, S.; Lovell-Hoare, M.. Uzbekistan, Bradt Travel Guide Uzbekistan (hu). Bradt Travel Guides, 2016 — 28-bet. ISBN 978-1-78477-017-4. Qaraldi: 2024-yil 20-yanvar. 
  2. Lamie, J.; Hill, C.. The Evolving Nature of Universities: What Shapes and Influences Identity in International Higher Education, Routledge Research in Higher Education. Taylor & Francis, 2023 — 73-bet. ISBN 978-1-00-093531-8. Qaraldi: 2024-yil 20-yanvar. 
  3. „Komiljon Karimov Vestminster universiteti rektorligiga qaytdi“. Gazeta.uz (2024-yil 4-aprel). Qaraldi: 2024-yil 16-iyul.
  4. „Komiljon Karimov Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetining rektori etib tayinlandi“. Uzreport.news (2024-yil 4-aprel). Qaraldi: 2024-yil 16-iyul.
  5. Toshkent shahridagi Vestminster xalqaro universiteti tarixi. Qaraldi: 2024-07-16.

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne