Touch ID — bu Apple korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan barmoq izlari skaneri. U birinchi marta 2013-yilda taqdim etilgan iPhone smartfonida ishlatilgan. Hozirda iPhone 5S, iPhone 6/6+, iPhone 6S/6S+, iPhone SE, 7 /7+, 8/8+, iPhone SE 2, iPad Mini 3, iPad Mini 4|iPad mini 5 |iPad mini 6 smartfonlariga hamda iPad Air 3|iPad Air 4|iPad Air 5, iPad 2017, iPad (2018), iPad (2019) va 2018-yilgacha iPad Pro planshetlarida ham oʻrnatilgan. Touch ID iOS 7 va undan yuqori versiyalarga chuqur integratsiyalangan: sensor foydalanuvchilarga qurilmalarni blokdan chiqarish, shuningdek, saqlangan barmoq izlaridan biri yordamida App Store, iTunes Store va iBooks doʻkonida xaridlarni tasdiqlash imkonini beradi. Secure Enclave beshtagacha turli barmoq izlarini saqlashga qodir.
Hozirgi vaqtda sensorlarning ikki avlodi mavjud:
iPhone X modelidan boshlab (iPhone SE 2 va iPhone SE 3 dan tashqari) barmoq izlari skaneri mavjud emas, uning vazifasini foydalanuvchining yuzini skanerlaydigan innovatsion Face ID sensori bajaradi.