Transheya ( inglizcha: trench — ariq) — tuproqda, odatda, trapetsiyasimon kesim boʻyicha va kerakli uzunlikda (oʻn metrdan ming kilometrgacha, gaz-neft quvurlari oʻtkazishda) qazilgan ochiq chuqurlik.
Qadim va oʻrta asrlarda transheya (xandaq) — shahar, qalʼa, qoʻrgʻon va mudofaa istehkomlarini dushman hujumidan ehtiyot qilish maqsadida ularning tashqi devori yonidan gir aylanasiga qazilgan oʻra, chuqurlik[1].