Trumpga uyushtirilgan suiqasd | |
---|---|
Joylashgan | Butler, Pensilvaniya |
Koordinatlar | 40°51′26″N 79°58′16″W / 40.8571223°N 79.9711779°W |
Sana |
13-iyul, 2024-yil 6:11 p.m. (7 oy avval)[1] (UTC−04:00) |
Nishon | Donald Trump |
Hujum turi |
Otishma |
Qurol | AR-15 |
Jarohat olganlar |
3[2] |
Qurbonlar | 1 |
Trumpga uyushtirilgan suiqasd — 2024-yil 13-iyul kuni Pensilvaniya shtatining Batler shahrida AQShning sobiq prezidenti va prezidentlikka nomzod Donald Trumpning saylovoldi mitingi chogʻidagi chiqishida unga nisbatan uyushtirilgan suiqasd[3]. Suiqasdda Trump qulogʻida jarohat olgan. Xavfsizlik kuchlari suiqasd uyushtirgan jinoyatchini otib tashlagan[4]. Oʻq Trampning boshidan millimetr masofadan oʻtib, uning qulogʻiga tegib oʻtgan[5][6].
Otishmani 20 yoshli Tomas Metyu Kruks AR-15 miltigʻi bilan miting xavfsizlik zonasi perimetri tashqarisida joylashgan binoning tomidan, taxminan 120 metr masofadan turib amalga oshirgan[7][8]. U bir necha marta oʻq uzgandan soʻng Maxfiy xizmatning qarshi hujum guruhi aʼzosi tomonidan otib oʻldirilgan. Otishma natijasida miting ishtirokchisini boʻlgan bir nafar odam oʻlgan, yana ikki nafar yarador kasalxonaga ogʻir ahvolda yetkazilgan. Kruks mitingga kelgan mashina koʻzdan kechirilganda, unda portlovchi moddalar topilgan[9][10].
<ref>
tag; no text was provided for refs named Reuters-2024