Masjid | |
Tuanku Mizan Zaynal Obidin masjidi | |
Mamlakat | Malayziya |
Hudud | Putrajaya |
Koordinatalar | 2°55′9.5″N 101°40′51.3″E / 2.919306°N 101.680917°E |
Yoʻnalishi | sunniy |
Masjid turi | Masjid |
Meʼmoriy uslub | Zamonaviy arxitektura |
Binokorlik | 2004—2009 |
Oʻlchami | 20 000 nafar |
Tuanku Mizan Zaynal Obidin masjidi Vikiomborda |
Tuanku Mizan Zaynal Obidin masjidi (malaycha: Masjid Tuanku Mizan Zainal Abidin) yoki Temir masjid (malaycha: Masjid Besi) Malayziyaning Putrajaya shahridagi Putra masjididan keyin shahridagi ikkinchi asosiy masjid hisoblanadi. Bino Putrajayaning 3-uchastkasida, Adliya saroyi roʻparasida hamda Putrajaya Islom majmuasi yonida, diniy hokimiyat shtab-kvartirasida joylashgan. Masjidning qurilish ishlari 2004-yilning aprel oyida boshlangan va 2009-yil avgustida toʻliq yakunlangan[1]. Bino 2010-yilning 11-iyun kuni 13-Yang di-Pertuan Agong, Tuanku Mizan Zaynal Obidin tomonidan rasman ochib berilgan[2].
Masjid 24 000 ga yaqin aholiga, shu jumladan, shahar markazida, 2, 3, 4 va 18-uchastkalarda ishlaydigan davlat xizmatchilariga xizmat koʻrsatish uchun qurilgan. Tuanku Mizan Zaynal Obidin masjidining maydoni shimoldan 2,2 kilometr uzoqlikda joylashgan Putra masjididan ikki baravar katta hisoblanadi.