Tur biologik sinflantirishdagi asosiy birliklardan biridir. Odatda bir-biri bilan chatisha oladigan va nasldor avlod qoldiradigan organizmlar guruhiga tur, deb aytiladi. Koʻp hollarda bu taʼrif aniq boʻlsa-da, DNK yoki morfologiyaga asoslangan boshqa taʼriflar ham ishlatiladi. Turlar oʻz navbatida ostturlarga boʻlinishi mumkin.
Oʻsimlik va hayovnlarning odatiy ismlari ularning turini bildirishi mumkin: masalan, "arslon", "morj" va "Kofir daraxt" nomlari mos turlarni bildiradi. Biroq bu doim ham shunday emas: masalan, "bugʻu" 34 turdan iborat oilani bildiradi.