Turkiya alaviylari

Bu maqola asosan Turkiyada yashovchi xalq haqida. Asosan Suriyada yashovchi, aynan shu nom bilan yoki nusayriylar deb ataluvchi guruh uchun Nusayriylar maqolasiga qarang.
Turkiya alaviylari
عَلَوِیُّون
Alaviylar
علوية

Zulfiqor, yaʼni Ali ibn Abu Tolibga Muhammad bergani aytiladigan qilich alaviylarning muhim ramzidir
Umumiy aholisi
15-20 million (2016-yilgi hisob)
Yirik guruhlari yashaydigan hududlar
 Turkiya 15-20 million
Dinlari
Oʻn ikki imom, Shialik, Tasavvuf
Muqaddas kitoblari
Qurʼon, shia kitoblar
Tillari
Turkcha, kurdcha

Turkiya alaviylari, Anatoliya alaviylari, alaviylar yoki aleviylar (turkcha: aleviler; inglizcha: Alevi; ruscha: алевиты) − asosan Turkiyada yashovchi diniy va etnik guruh. Alaviylar shialikning sufiylikka asoslangan firqalaridan birining tarafdorlarirdir. Alaviylik Turkiyada sunniylikdan keyingi ikkinchi eng yirik mazhabdir. Ayrim manbalarga koʻra, alaviylar Turkiya aholisiing 15-20 millionini tashkil qiladi.[1]

  1. Javodiy, Abbos. „Turkiya, boʻlingan millat — din (2-qism)“. Ozodlik radiosi (30-aprel, 2016-yil). Qaraldi: 30-aprel, 2016-yil.

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne