Tushda kechgan umrlar

Tushda kechgan umrlar
Muallif(lar) Oʻtkir Hoshimov
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i roman
Nashr etilgan sanasi 1994
Nashriyot „Sharq“
Sahifalar soni 335

Tushda Kechgan Umrlar“ — oʻzbek yozuvchisi Oʻtkir Hoshimov qalamiga mansub roman. Ushbu roman yozuvchining ijodidagi uchunchi va so'nggi romandir. 1993-yil yozib tugatilgan roman ilk bor „Sharq yulduzi“ jurnalida serialashtirilgan[1]. Kitob oʻlaroq 1994-yil Toshkent shahrida „Sharq“ nashriyotida chop etilgan.

„Tushda Kechgan Umrlar“ Hoshimovning eng taniqli asarlaridan biridir. Roman tanqidchilar tomonidan yaxshi kutib olingan. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad „Romanni loqayd-hayajonsiz oʻqib boʻlmaydi. U kitobxonni larzaga soladi. Xalq boshiga kulfatdan boshqa narsa solmagan qonli urushni boshlagan telba urushqoqlarga dil-dilidan qargʻish yogʻdiradi“, deya yuqori baholagan[2]. So'nggi marta 2024-yili "Nurli Dunyo" nashriyotida 15 000 nusxada 288 betli yumshoq muqovada nashr etildi.

  1. „Tushda kechgan umrlar“. Taqvim. 2016-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-oktyabr. (Wayback Machine saytida 2016-10-05 sanasida arxivlangan)
  2. Нарзуллоева, Нилуфар. „Саид Аҳмаднинг замондошлари ҳақидаги хотиралари“. Talqin va tadqiqotlar”. № 12. 104–112-bet.

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne