Uchinchi fitna | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Ilk musulmon fuqarolar urushlari va Qays–Yaman urushining bir qismi | |||||||
| |||||||
Qoʻmondonlar | |||||||
Al-Volid II † Marvon II Abu al-Vard Yazid ibn Umar ibn Hubayra Nasr ibn Sayyor |
Yazid III Sulaymon ibn Hishom Yazid ibn Xolid al-Qasriy |
Uchinchi fitna (arabcha: الفتنة الثاﻟﺜـة) – Umaviylar xalifaligiga qarshi kechgan bir qator ichki urushlar va qoʻzgʻolonlar. 744-yilda xalifa al-Volid II ga qarshi qoʻzgʻolon bilan boshlanib, 747-yilda Marvon II gʻolib boʻlguniga qadar davom etgan. Urush ichki ziddiyatlarni, ayniqsa, Qays–Yaman urushini kuchaytirib yuborgan, Umaviylar hokimiyatining vaqtinchalikka qulashi Xorijiylar va boshqa Umaviylarga qarshi qoʻzgʻolonlarga yoʻl ochgan. Ularning oxirgisi va eng muvaffaqiyatlisi 747-yilda Xurosonda boshlanib, 750-yilda Umaviylar xalifaligining agʻdarilishi va Abbosiylar xalifaligining barpo etilishi bilan yakunlangan Abbosiylar inqilobi hisoblanadi[1].