Uganda aholisining asosiy qismi nasroniylarni tashkil qilib, Islom mamlakatda ikkinchi eng keng t
Mamlakatlar boʻyicha islom |
---|
arqalgan dindir. 2014-yilgi Milliy aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Uganda aholining 14 foizi islomga eʼtiqod qilishi aniqlangan[1]. Pyu tadqiqot markazi 2014-yilda ugandaliklarning 11,5 foizini musulmonlar tashkil qilishini eʼlon qilgan, shu bilan birga tanzaniyaliklarning 35,2 foizi, keniyaliklarning 9,7 foizi, janubiy sudanliklarning 6,2 foizi, burundiyaliklarning 2,8 foizi va ruandaliklarning 1,8 foizi musolmonlar qatlamiga mansub[2]. Ugandada musulmonlarning katta qismi sunniylardir. Shia va Ahmadiya oqimiga mansub boʻlganlar ham bor[3].
2009-yilda eʼlon qilingan hisobotga koʻra Uganda sharqidagi Iganga mintaqasida istiqomat qiluvchi musulmonlar son jihatidan eng yuqori koʻrsatkichni tashkil qiladi[4].