„Uyqudagi malika“ (fransuzcha: La Belle au bois dormant — „Oʻrmonda uxlayotgan goʻzal“[1][2]; inglizcha: The Sleeping Beauty — „Uyqudagi goʻzal“; nemischa: Dornröschen — „Jajji, tikanli atirgul“) — yevropa xalqlari orasida keng tarqalgan ertak. Muallifi nomaʼlum. Ertakda badxoh pari tomonidan yuz yillik uyqu domiga mahkum etilgan goʻzal malika tasvirlanadi. Ezgu pari malika uygʻonganida yonida hech kim boʻlmasligidan dahshatga tushmasligi uchun sehr-jodu yordamida saroy va oʻrmondagi jamiki tirik jonni uxlatib qoʻyadi. Malika soʻngida koʻrkam shahzoda tomonidan uygʻotiladi.
Aarne–Thompson klassifikatsiyasi boʻyicha ertak 410-raqamga ega[3].
Ertak asosida bir necha kinofilm, multfilm, teleserial, videooʻyin hamda balet tayyorlangan.