Masjid | |
![]() | |
Vasat Atik Ali posho masjidi | |
Mamlakat | ![]() |
Istanbul | Fotih tumani, Karagümrük mahallasi, Fevzipaşa koʻchasi |
Koordinatalar | 41°01′30″N 28°56′30″E / 41.024969°N 28.941674°E |
Yoʻnalishi | sunniy |
Masjid turi | Masjid |
Meʼmoriy uslub | Usmonli meʼmorchiligi |
Binokorlik | 1502—1512 |
Gumbazlar soni | 6 |
Gumbazlar soni | 6 |
Minoralar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
![]() |
Vasat Atik Ali posho masjidi (turkcha: Vasat Atik Ali Paşa Camii) – Zincirlikuyu masjidi (turkcha: Zincirlikuyu Camii) yoki Karagümrük masjidi nomlari bilan ham tanilgan Turkiyaning Istanbul shahri Fotih tumani, Karagümrük mahallasi, Fevzipaşa koʻchasida joylashgan Usmonli masjidi. Bino sulton Boyazid II ning vaziri Hadim Atik Ali posho nomi bilan atalgan. 1502-yilda posho ushbu masjid qurilishiga buyruq bergan, qurilish ishlari uning vafotidan bir yil oʻtib, 1512-yilda nihoyasiga yetgan.
Masjid Istanbuldagi bir nechta gumbazlardan iborat ikkita masjiddan biri hisoblanadi, ikkinchi shunday masjid Piyale posho masjididir. Ikkalasi masjid ham umumiy oltita gumbazdan iborat. Masjid Zincirlikuyu (zincirlikuyu – „zanjirli“, kuyu – „quduq“) nomli quduq yonida joylashgani uchun ham uzoq vaqt Zincirlikuyu masjidi nomi bilan atalgan.
Masjid minorasi 1648-yilning iyun oyida sodir boʻlgan zilziladan keyin qulab tushgan[1]. 2013-yilda minorada 2,2 million lira (1,03 million dollar) qiymatidagi taʼmirlash ishlari boshlanib, 2014-yilda yakuniga yetkazilgan[2].