Vashington | |
---|---|
![]() Tepa chap: Jorjtaun Universitetining Healy Hall imorati; tepa oʻng: AQSh Kapitoliyi; markaz: Vashington monumenti; past chap: Frederik Duglass milliy tarixiy joyi; past oʻng: Grajdanlari urushida qatnashgan afroamerikaliklar xotirasiga oʻrnatilgan haykal | |
38°53′42″N 77°2′12″W / 38.89500°N 77.03667°W | |
Mamlakat | AQSh |
Hukumat | |
• mer | Vinsent K. Grey |
|
Vashington shahri – Amerika Qoʻshma Shtatlarining poytaxti, ilk prezident sharafiga shunday nomlangan. Shahar maydoni 177 kv. km. Aholisi 601 mingdan ziyod (2010). Vashington aglomeratsiyasida (atrofidagi yaqin shaharlarda) 5,4 million kishi istiqomat qiladi[1]. Kolumbiya okrugida, Potomak daryosi boʻyida joylashgan. Shaharni Potomak daryosi Virjiniya va Merilend shtatlaridan ajratib turadi. Vashington shtatidan ajratish uchun odatda shahar Vashington, Kolumbiya okrugi (inglizcha Washington, D. C., Washington, District of Columbia yoki shunchaki D. C.) deb yuritiladi. AQSh federal davlatining uchchala palatasi ham: Kongress, prezident va Oliy Sud, Vashingtonda joylashgan.