Betaraf nuqtayi nazar qoidasi — Vikipediyaning eng muhim qoidalaridan biri; u mualliflardan sovuqqonlik ila maqola yozishni, manbalarga ishorat berishni va mustaqil tadqiqotlardan foydalanmaslikni talab etadi va shu yoʻl bilan Vikipediyada faqat ishonchli maʼlumotlar boʻlishini taʼminlaydi. Qoida loyiha asosida yotadi va Jimmy Walesga koʻra, „mutlaq va muhokama qilinmasdir“.[1] (ingl.)
Nuqtai nazarning „betarafligi“ Vikipediyaning biror-bir nuqtai nazarga yon bosmasligini bildiradi. Maqoladagi barcha taʼkidlar haqiqat kabi emas, balki uchinchi shaxs nomidan keltirilishi kerak. Istisno sifatida faqat tan olingan ilmiy yoki oddiy faktlar („Yer Quyosh atrofida aylanadi“ yoki „Sirdaryo Orol dengiziga quyiladi“) boʻlishi mumkin, shunda ham ular mutlaq, bir maʼnoli shaklda berilish kerak. Masalan, „Quyosh — katta jism“ yoki „Hitler eng razil jinoyatchi, deb hisoblanadi“ kabi taʼkidlar betaraf emas, chunki:
Obyekt haqida bir necha farqli fikr va tasavvurlar mavjud boʻlsa, Vikipediya maqolalari eng kamida ular haqida eslatib oʻtishi lozim, agar ular toʻliq bayon etilsa — nur ustiga aʼlo nur. Bunda ulardan birortasini bevosita yoki bilvosita haqiqat, deb keltirish mumkin emas.